
“Chig‘atoy”da Ispaniyaga safar qilayotgan bolalarni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
“Chig‘atoy” sport bazasida Ispaniyaga mahorat darslarini o‘tash uchun yo‘l olayotgan futbolchilarni kutib olish hamda ularning ota-onalari bilan xayrlashuv marosimini o‘tkazish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘FA mutasaddilari tashrif buyurgan ota-onalarga Ispaniya safari, u erda amalga oshirilishi rejalashtirilgan mahoratni oshirish bo‘yicha tadbirlar, master klasslar, safar davomida tashrif buyuriladigan joylar haqida ma’lumotlar berildi. Ota-onalar va bolalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib unga javob oldilar.
Yig‘ilish so‘ngida ota-onalar so‘zga chiqib, ushbu tajriba orttirish safarni uyushtirib bergani uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse Prezidenti Umid Ahmadjonovga hamda tashkilotning barcha mutasaddilariga minnatdorchilik bildirib, ota-onalar tomonidan yozilgan tashakkurnomani taqdim etishdi. Safarga otlangan bolalar va ularni borib-kelishlarida hamrohlik qilayotgan murabbiy va mutasaddilarga oq yo‘l tilashdi.
Yig‘ilish nihoyasiga etgach, bolalar yotoqxonalarga joylashtirildi. Ularga 3 kunlik safar oldi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari e’lon qilindi. Shundan so‘ng 29 sentyabr kuni Madridga safar qilinadi. Madrid safari 6 oktyabr kuniga qadar davom etadi.
Fikrlar