"Chelsi" vingeri "Yuventus"ga emas "Bavariya"ga o‘tmoqchi

  • 8 yanvar, 2019, 14:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi ham "Chelsi" vingeri Kallum Xadson-Odoi uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Tribalfootball xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “keksa sinora” vakillari 18 yoshli angliyalik futbolchining "Alyants Stadium"ga ko‘chib o‘tishi borasida uning agenti bilan gaplashishgan. Biroq, suhbat davomida Xadson-Odoi o‘zining kelajagi borasida bir qarorga kelgani va yozda “Bavariya”ga o‘tishi haqida aytilgan. Qayd etish lozimki, “Yuve”dan avval unga aynan myunxenliklar taklif bilan chiqishgan edi.

Ma’lumot uchun, Xadson-Odoi “Chelsi” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum asosiy jamoada 7ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Londonliklar uni 40 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!