“Chelsi” va “Borussiya” yosh hujumchini talashmoqda

  • 9 mart, 2017, 11:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Angliya premer-ligasi etakchisi “Chelsi” va Dortmudning “Borussiya” jamoasi kelayotgan shanba kuni Italiya chempionatining 28-turida “Jenoa” va “Sampdorniya” o‘rtasidagi uchrashuvga o‘z skautlarini jo‘natadigan bo‘ldi.

Bo‘lajak o‘yinda har ikki klub mutaxassislar “Sampdoriya”ning 21 yoshli chexiyalik hujumchisi Patrik Shikni kuzatadi. Bu futbolchi asosan zaxiradan maydonga tushayotgan bo‘lsa-da, mavsumda to‘qqizta gol urishga erishdi.

Bundan tashqari, xorijlik skautlar yigirma oltita o‘yinda 11 ta gol urgan “Jenoa” hujumchisi Jovanni Simeonening o‘yinini ham tahlil qilishadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!