
"Chelsi" Koman uchun 60 mln evrodan voz kechmoqchi
Huquqiy jihatdan Turinning "Yuventus" klubiga tegishli bo‘lgan va mavsumni "Bavariya" safida ijara asosida o‘tkazayotgan Kingsli Koman faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Telefoot nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Londonning "Chelsi" klubi 20 yoshli futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqib qolgan. Aniqrog‘i, "aristokratlar" frantsuz futbolchisi uchun "Yuventus"ga 60 million evro berishga tayyor.
Ta’kidlash kerakki, "Yuventus" va "Bavariya" o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra myunxenliklar futbolchini 20,5 million evro evaziga sotib olish huquqiga ega. Ammo, baribir har qanday holatda ham so‘nggi so‘z futbolchining o‘zida qoladi.
Eslatib o‘tamiz, Koman uchun kurashda "Chelsi"ga "Manchester Siti" raqobat ko‘rsatishi mumkin. "Shaharliklar" "Yuventus"ga Kingsli uchun 50 million evro taklif qilishgan.
Fikrlar