"Chelsi", "Arsenal" va "Latsio" Chalxanogluni o‘z safida ko‘rmoqchi

  • 12 iyun, 2017, 10:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Leverkuzenning “Bayer” klubi yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu “Arsenal”, “Chelsi” va “Latsio” kabi jamoalarning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi nashrning yozishicha, Rim klubi turkiyalik iste’dod egasi uchun kurashda ikki London jamoasiga moliyaviy tomondan bo‘ladigan raqobatga dosh bera olmasligi mumkin, biroq ular futbolchiga asosiy tarkibdan joy olishini ta’minlashi mumkin. Ayni shu yo‘l bilan ular futbolchining qiziqishlarini oshirmoqchi.

Ma’lumot uchun, Chalxanoglu yakunlangan mavsum Germaniya Bundesligasida 15ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 6ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!