Chavandoz qiz yigitlarni ham ortda qoldirib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi

CHERY AUTO

Indoneziyada davom etayotgan 18-Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kun dasturida o‘ynalgan medallar jamlanmasi kpo‘chilikning diqqat-markazida bo‘ldi. Bu ot sportining erkin mashq yo‘nalishi. 

Tecno

Unda "JC FUERST ON TOUR" laqabli tulporda harakat qilgan Gong Kong vakilasi Jakelin Siu barcha raqiblarini ortda qoldirib, Osiyo o‘yinlarining chempioniga aylandi. Ushbu yo‘nalishda kumush va bronza medallari mos ravishda malayziyalik Muhammad Mohd Qobil va janubiy koreyalik Xyeok Kimga nasib etdi. 

Osiyo o‘yinlari. Ot sporti. 

Ot yo‘rttirish, yakkalik. 

1. Jakelin Siu (Gong Kong)

2. Muhammad Mohd (Malayziya)

3. Xyeok Kim (Janubiy Koreya)

P/S: Ushbu sport qoidalariga ko‘ra, erkak va ayollar o‘z tulporlarida o‘zaro bahs olib borishlari mumkin va unda otlarning chiroyli harakatlariga qarab g‘olib aniqlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!