Chalxanoglu “Chelsi”ga o‘tishni istayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi

  • 7 fevral, 2017, 13:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Leverkuzenning “Bayer” klubi xavbeki Xakan Chalxanoglu OAVlar tomonidan keng qiziqishga sabab bo‘lgan “Chelsi”ga o‘tishni istayotgani haqidagi xabarlarni inkor etdi.

Tecno

“Men OAV orqali “Chelsi” haqida gapirmaganman. Qolaversa, hech qaysi turk jurnalistiga kelajagim borasida aytmaganman”, - deydi Turkiya terma jamoasi a’zosi o‘zining “Tvitter”dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Chalxanoglu 2011 yilda “Trabzanspor” klubi bilan amaldagi shartnomani buzgani uchun  FIFA tomonidan 4 oyga futboldan chetlatilgan edi. Futbolchi ayni damda jazo muddatini o‘tamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!