«CAFA Women’s Championship 2018». Tojikiston terma jamoasi Toshkentga etib keldi

  • 22 noyabr, 2018, 09:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Joriy yilning 23 noyabr -  1 dekabr kunlari Toshkentda «CAFA Women’s Championship 2018» musobaqasi bo‘lib o‘tishi haqida avval xabar berib o‘tgandik. 
 
Ushbu musobaqada Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, Eron va O‘zbekiston ayollar terma jamoalari ishtirok etishadi. Avvalroq, poytaxtimizga Qirg‘iziston va Afg‘oniston terma jamoalari etib kelishgani haqida ma’lum qilgandik. Ushbu jamoalar mashg‘ulot o‘tkazishga ham ulgurishdi.

Bugun yurtimizga Tojikiston terma jamoasi ham etib keldi. Tojikiston delegatsiyasi a’zolari poytaxtimizdagi «Ramada» mehmonxonasiga joylashishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!