
“Bunyodkor” raqibi tarkibida kimlar to‘p tepadi?
21 fevral kuni Toshketning “Bunyodkor” jamoasi Saudiya Arabistonida “Al-Axli” mehmoni bo‘ladi. Biz bugun bo‘lajak uchrashuv oldidan raqib futbolchilari bilan sizlarni tanishtirmoqchimiz. Jidda klubi tarkibini ko‘zdan kechirar ekanmiz, tarkib juda kuchli futbolchilardan iborat ekanligini ko‘rish mumkin.
Buvisini yod etgan futbolchilar
Legioner futbolchilari
Klub OFK tomonidan legionerlar bo‘yicha berilgan limitdan to‘liq foydalangan. Quyida “Al-Ahli” jamoasi legionerlari bilan tanishing.
10-raqamdagi gretsiyalik yarim himoyachi Ioannis Fetfatsidis, 26 yosh
9-raqamdagi suriyalik hujumchi Umar As-Soma, 27 yosh
Qayd etish joiz, suriyalik hujumchi bu mavsum “Al-Axli” safida barcha musobaqalarda jami 28 ta to‘p kiritishni uddalagan va raqibning hujumdagi asosiy “quroli” hisoblanadi.
55-raqamdagi iroqlik yarim himoyachi Saad Abdul-Amir, 25 yosh
13-raqamdagi misrlik himoyachi Muhammad Absul Shafiy, 31 yosh
Saudiya Arabistoni MTJda to‘p tepadigan o‘yinchilari
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, jamoa safida to‘p tepayotgan mahalliy futbolchilar orasida ham kuchli futbolchilar etarli darajada. Jumladan, JCh-2018 so‘nggi saralash bosqichidagi BAA xamda Yaponiyaga qarshi o‘yinlarga jiddaliklarning uch nafar futbolchisi jalb etilgan edi. Quyida ana shu o‘yinchilarni tanishtirib o‘tamiz.
25-raqamdagi himoyachi Mutaz Havsaviy, 25 yosh
8-raqamdagi yarim himoyachi Taysir Al Jassim, 32 yosh
31-raqamdagi himoyachi Mansur Al Harbiy, 29 yosh
Qayd etib o‘tish joiz, jamoa bosh murabbiyi Kristian Gross ushbu o‘yinchilarning barchasini birdan o‘yinga tushirmaydi, chunki jamoa safidagi legioner va MTJ a’zolaridan tashqari ham yaxshi o‘yinchilar etarli darajada.
Suares ham hech nima qila olmagan 8 uchrashuv
Murabbiy haqida
O‘tmishda Shveytsariyaning “Bazel”,”Grassxoppers”, “Vil”, “Yang Boyz” Londonning “Tottenxem”, Germaniyaning “Shtutgard” jamoalarini boshqargan Kristian Gross 2014 yildan hozirgacha “Al-Ahli” klubini boshqarib kelmoqda. Shunisi diqqatga sazovorki, u to‘qqiz marta shveytsariyaning eng yaxshi murabbiyi nominatsiyasiga sazovor bo‘lgan.
Kristian Gross 1954 yil 14 avgustda Shveytsariyaning Tsyurix shahrida tavallud topgan. Bu yil u 63 yoshga to‘ladi.
Xa, oldinda Lushchan jamoasini juda qiyin bahs kutib turibdi. Nima bo‘lgan taqdirda ham, bo‘lajak uchrashuvda “qaldirg‘ochlar”ga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar