«Bunyodkor» - «Buxoro» o‘yiniga tashrif buyurib 10ta televizor, 10ta planshet, 10ta telefon yutib oling

  • 9 sentabr, 2018, 17:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 Ushbu o‘yin 15 sentyabr (shanba) kuni “Milliy” stadionda soat 20:00da boshlanadi. Shu kuni stadionga kelgan tomoshabinlardan eng omadlilari uylariga 10ta televizor, 10ta planshet hamda 10ta uyali aloqa telefoni bilan qaytishga muvaffaq bo‘ladilar. “Bunyodkor” futbol klubi tomonidan ta’sis etilgan sovg‘alar sifatida muxlislar uchun ko‘ngilochar aktsiyada aynan shu qimmatbaho sovrinlar o‘ynaladi. Xuddi shunday aktsiyalar “Bunyodkor”ning mavsum oxirigacha bo‘lgan barcha uy bellashuvlarida ham albatta tashkil etiladi.

Tecno

“Bunyodkor” - “Buxoro” uchrashuviga kirish chiptalari narxi – 15000 so‘m. Chiptalarni stadion kassalaridan sotib olishingiz mumkin. Barcha futbol ixlosmandlarini 15 sentyabr kuni stadionimizga chorlab qolamiz! “Bunyodkor” MUXLISLAR UChUN o‘ynaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!