
Bugun MMA bo‘yicha O‘zbekiston kubogi start oladi
Bugun 16 dekabr kuni Toshkentdagi “Jangoh” sport arenasida MMA bo‘yicha 18 yoshdan yuqori o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bellashuvlari start oladi.
O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi, O‘zbekiston respublikasi sharq yakkakurashlari va jang san’atlarini rivojlantirish markazi hamkorligida tashkil etilayotgan musobaqaning dastlabki kunida ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tishadi va vazn tortish marosimida ishtirok etishadi.
Unda yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar 56,7 kg, 61,2 kg, 65,8 kg, 70,3 kg, 77,1 kg, 84 kg, 93 kg, +93 kg vazn toifalarida g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.
Bellashuvlar Olimpiya tizimida olib boriladi va 3 daqiqadan 2 raund davom etadi.
Asosiy bahslar ertaga 17 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar