
Bugun Geynrix, Salomov xamda Nasimovlarning jamoalari o‘ynaydi
Bugun Qozog‘iston Premer ligasida 15-tur o‘yinlariga start beriladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix faoliyat olib boradigan “Ordabasi” klubi o‘z maydonida “Taraz”ni qabul qiladi.
Shavkat Salomovning “Atirau” jamoasi esa safarda chempionat karvonboshisi – “Astana” bilan kuch sinashadi. Har ikkala o‘yin ham Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi.
Bugun shuningdek, Bahodir Nasimov faoliyat olib boradigan “Ansan Griners” xamda Odil Axmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” jamoalari ham chempionat doirasidagi o‘yinlarini o‘tkazishadi.
Legionerlarimiz faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklarni SPORTS.uz internet axborot portalida kuzatib boring.
15.00 “Seongnam” – “Ansan Griners”(Bahodir Nasimov)
16.35 “Shanxay SIPG” – “Liaoning”(Odil Axmedov)
17.00 “Ordabasi” – “Taraz”(Aleksandr Geynrix)
17.00 “Astana” – “Atirau”(Shavkat Salomov)
Izoh: O‘yinlar boshlanadigan vaqt Toshkent vaqtida berilgan
Fikrlar