Braziliya terma jamoasining JChda ishtirok etadigan 11 futbolchisi ma’lum bo‘ldi

  • 17 fevral, 2018, 00:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite JCh-2018 o‘yinlari uchun qaydnomaga kiritiladigan 15 nafar futbolchini aniqlab olganligini aytib o‘tdi.

Tecno

“11 futbolchi o‘zlarining klublarida to‘la o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Bular Alison («Roma»), Dani Alves, Markinos va Neymar (barchasi — PSJ), Miranda («Inter»), Marselo va Kazemiro (ikkalasi — «Real»), Renato Augusto («Beyjing Guoan»), Paulino va Koutino (ikkalasi – «Barselona»), Gabriel Jezus («Manchester Siti»)lardir.

Shuningdek. Tyago Silva («PSJ»), Fernandino («Manchester Siti»), Villian («Chelsi») va Roberto Firmino («Liverpul»)lar ham mazkur ro‘yxatga kiritilishi mumin”, – deb Titening so‘zlarini keltirib o‘tdi As nashri.

Ma’lumot uchun, JCh-2018 da ishtirok etadigan terma jamoalar 23 futbolchidan iborat bo‘lgan qaydnoma berishlari lozim bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!