Bokschilarimiz prezident kubogi uchun kurashni boshlaydi

  • 5 iyun, 2017, 15:50
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

 

Tecno

Ostona shahrida boks bo‘yicha Qozog‘iston prezidenti kubogi uchun V xalqaro turnir boshlandi. Ushbu nufuzli musobaqada mezbonlardan tashqari O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Hindiston, Rossiya, Filippin, Ukraina, Qirg‘iziston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston va Erondan kelgan bokschilar g‘oliblik uchun kuch sinashadi.

Turnir AIBA qoidalari asosida erkaklar o‘rtasida o‘nta va xotin-qizlar ishtirokida uchta vazn toifasida tashkil etiladi.

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari bu musobaqaga iste’dodli yosh bokschilarni jalb etdi.

Qozog‘iston prezidenti kubogida mamlakatimiz sharafini Nodirjon Mirzaxmedov, Abrorjon Qodirov, Abdulhay Shoraxmatov, Sulaymon Latipov, Ulug‘bek Komilov, Bobo-Usmon Boturov, Mahmud G‘oipov, Kozim Mardonov, Mirzobek Hasanov va Rustam Ismoilov himoya qiladi.

Qizlar musobaqasida Tursunoy Rahimova, Yodgoroy Mirzaeva hamda Nafisa Asqarova ringga chiqadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!