
Boks: Iqboljon Xoldorov ham chorak finalda
Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kun bahslari davom etmoqda.
Kun dasturidan o‘rin olgan boks bahslarining 64 kg vazn toifasining nimchorak final bosqichida hamyurtimiz Iqboljon Xoldorov iordaniyalik Obadi Alkasbehga qarshi ringga ko‘tarildi.
Qiziqarli kechgan jangda vakilimiz 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va chorak final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish lozim, oldinroq -49 kg vazn toifasida yana bir hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov ham laoslik raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan edi.
Fikrlar