
Boateng dunyoning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi
"Barselona"ning yangi a’zosi Kevin-Prins Boateng jamoaning argentinalik futbolchisi Lionel Messini dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb aytdi.
“Dunyoning eng yaxshi futbolchisi Messi hisoblanadi. Nega kulyapsiz? Bu haqiqat. Messi – eng zo‘ri. U buni so‘nggi 10 yildan buyon isbotlamoqda”, - deydi ganalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli Boateng “Barselona”ga mavsum yakuniga qadar “Sassuolo”dan ijaraga o‘tdi.
Fikrlar