Boateng "Barselona"da nechanchi raqamda o‘ynaydi? (FOTO)

  • 22 yanvar, 2019, 13:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha "Sassuolo" yarim himoyachisi Kevin Prints-Boateng ijara asosida "Barselona"ga o‘tdi.

Tecno

Ganalik futbolchi mavsum so‘nggiga qadar kataloniyaliklar safida to‘p tepadi. Kelishuvda xavbekni mavsum so‘nggida 8 mln evroga sotib olish mumkinligi borasidagi band ham mavjud. Boateng bugun rasman "Barselona" futbolchisi sifatida ommaga tanishtirildi. Unga ko‘ra 31 yoshli futbolchi kataloniyaliklar safida 19-raqamda to‘p suradi.

Ma’lumot uchun, Boateng "Milan" va "Shalke"dagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish. U shuningdek, "Gerta", "Tottenxem Xotspur", "Borussiya" Dortmund, "Portsmut", "Las-Palmas" va "Ayntraxt" kabi jamoalarda ham to‘p tepgan.

Joriy yilgi mavsumda esa 31 yoshli futbolchi "Sassuolo" safida Italiya A Seriyasida 13 bahsda ishtirok etdi va 4 ta gol kiritib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!