Bilasizmi? Van Gal Levandovskini "Manchester Yunayted"ga olib kelmoqchi bo‘lgan, ammo...

  • 18 mart, 2018, 21:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi sobiq ustozi Lui van Gal o‘z vaqtida “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskini “Old Trafford”ga olib kelmoqchi bo‘lganligi haqida aytib o‘tdi.

Tecno

“Levandovski ayni damda dunyoning eng yaxshi hujumchisi hisoblanadi. Men uni "Manchester Yunayted"ga olib kelmoqchi bo‘lganman. Aytish lozimki, o‘sha paytda uning narxi biz uchun ahamiyatsiz edi, faqat “Bavariya” uni qo‘yib yuborishni istamagan”, - deydi gollandiyalik mutaxassis Daily Mail nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 29 yoshli polshalik futbolchi yozda “Real”ga o‘tishga rozilik bergani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!