
Bilasizmi? "Marsel" so‘nggi 7 yilda ilk bor ketma-ket 9ta o‘yinda g‘alaba qozona olmadi
Xabaringiz bor kecha “Marsel” Frantsiya chempionatining 17-turini safarda “Sent-Eten”ga qarshi o‘tkazdi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
E’tiborlisi, shu tariqa marselliklarning g‘alabasiz seriyasi 9ta (5ta mag‘lubiyat, 4ta durang) o‘yinga etdi. Bu esa ushbu jamoaning so‘nggi 7 yil ichidagi eng yomon natijasi bo‘ldi. Ular so‘nggi bor 2012 yilda shunday holatga tushishgan edi. O‘shanda “Marsel” naqd 12ta o‘yinda g‘alaba nimaligini bilmagan.
Ma’lumot uchun, “Marsel” ayni damda musobaqa jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar