"Bavariya" ko‘zlayotgan "Chelsi" futbolchisi uchun yana ikki klub kurashga qo‘shildi

  • 2 yanvar, 2019, 23:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" yarim himoyachisi Kallum Xadson-Odoi uchun kurashga endi "RB Leyptsig" va "Yuventus" klublari ham qo‘shilishdi.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 18 yoshli futbolchi faoliyatini "Bavariya"da davom ettirmoqchi. O‘z navbatida myunxenliklar ham bu masalada "aristokratlar"ga 20 mln funtlik taklif bilan murojaat qilishdi, biroq yakunda rad javobini olishdi. Boisi, londonliklar uni 40 mln funtdan kamiga sotishmoqchi emas.

Ayrim ma’lumotlarga qaraganda Xadson-Odoining transferi 30 mln funtga tushishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!