"Barselona"ning Gamper kubogidagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi

  • 13 fevral, 2018, 11:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning har yili yozda an’anviy tarzda o‘tkazilib kelinadigan Gamper kubogidagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi. Bu safar ularga Argentinaning “Boka Xuniors” klubi raqiblik qiladi.

Tecno

Bu haqda “Boka” prezidenti Daniel Angelisi aytib o‘tdi.

“Avgustda biz “Barselona” bilan o‘ynash uchun Ispaniyaga boramiz”, – deb uning so‘zlarini keltirib o‘tdi Marca nashri.

Ma’lumot uchun, Joan Gamper kubogi bir o‘yindan iborat bo‘lgan o‘rtoqlik turniri sanaladi va 1966 yildan buyon har yili avgust oyida o‘tkazilib kelinadi.

Mazkur turnir “Barselona” asoschisi bo‘lgan dastlabki klub prezidenti Joan Gamper sharagiga nomlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!