"Barselona" kot-d’ivuarlik futbolchi uchun 40 mln evro to‘laydigan bo‘ldi

  • 20 avgust, 2017, 11:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek Frantsiyaning “Nitstsa” klubi markaziy himoyachisi Jan-Mikael Seri “Barselona”ga o‘tishga juda yaqin turibdi. Nihoyat, Kataloniya super klubi 26 yoshli kot-d’ivuarlik futbolchi bilan kelishuvga erishdi.

Tecno

L’Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” Seri uchun “Nitstsa”ga uning shartnomasida belgilangan 40 million evrolik tovon pulini to‘lashadi.

Qayd etish lozimki, frantsuz klubi ushbu futbolchini bundan ikki yil muqaddam Portugaliyaning “Pasush de Ferreyra” jamoasidan 700 ming evroga sotib olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” bundan avvalroq Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klubidan 40 mln evro evaziga braziliyalik yarim himoyachi – Paulinoni xarid qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!