"Barselona" Suares borasida bir qarorga keldi

  • 7 yanvar, 2019, 13:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Denis Suaresning kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 25 yoshli ispaniyalik futbolchisini mavsum o‘rtasida qo‘yib yuborishmoqchi emas. Murabbiylar shtabi mavsumning ikkinchi qismida ushbu futbolchiga ham imkon berishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Suaresga APLning 5ta klubidan jiddiy qiziqishlar mavjudligi haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, Suares asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum “ko‘k-anor ranglilar” safida jami 6ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!