
B Seriyada 19 klub o‘ynaydi
Italiya Futbol Federatsiyasi Tribunali B Seriya jamoalarining ligada 22 jamoa ishtirok etishi kerakligi borasidagi apellyatsiyasini bekor qildi.
Esltib o‘tamiz, mavsum avvalida B Seriyadagi uch jamoada moliyaviy muammolar sabab, turnirda ishtirok etolmasligi ma’lum bo‘lgan edi va mavsum 19 klub bilan boshlangan edi.
«Siena», «Novara», «Kataniya», «Ternana» va «Pro Verchelli» kabi jamoalar bu qarordan norozi bo‘lgan edi. Ammo liga rahbariyati 19 jamoa bilan davom etishni ma’qul ko‘rdi.
Fikrlar