Aziz G‘aniev qachon safga qaytadi?

  • 26 noyabr, 2018, 01:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qarshining "Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev Pepsi Superligasi 31-turidan o‘rin olgan AGMK jamoasiga qarshi (2:2) o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ayni  vaqtda jarohatidan tiklanayotgan Aziz G‘anievning ahvoli borasida aytib o‘tdi.

Tecno

"Azizjon mana yaqinda Yaponiyadan davolanib qaytdi. U hozir engil mashqlarni boshladi. Shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, yangi yildan umumiy mashg‘ulotlarga qaytadi va jamoamiz o‘yinlariga o‘zining yordamini beradi. Sizlar kabi, bizlar ham uning o‘yinini juda sog‘inganmiz. Baribir tarkibimizda G‘aniev o‘ynasa, o‘yinimiz ham boshqacha kechadi", - deb Berdievning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Nasaf" rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz 20 yoshli futbolchi Pepsi Superliganing 18-turi doirasidagi "Navbahor"ga qarshi o‘tkazilgan bahsning 57-daqiqasida jarohat sabab maydonni tark etgandi. 

Ma’lumot o‘rnida G‘aniev aynan mana shu jaroahati sabab terma jamoamizning Osiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi yakuniy tarkibidan tushib qolgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!