
Ayollar futboli. O‘zbekiston kubogi chorak final bosqichiga qur’a tashlandi
Bugun PFL binosida mamlakat kubogi chorak finaliga yo‘l olgan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, chorak final ishtirokchilari o‘z juftliklarini aniqlab olishdi.
O‘zbekiston kubogi 1/4 final
Dastlabki uchrashuvlar
14 oktyabr
“Metallurg W” – AGMK-W
“Sevinch” – “Neftchi W”
“Andijanka” – “Paxtakor W”
“Dinamo W” – “So‘g‘diyona W”
Javob bahslari 31 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Yarim final o‘yinlari esa 21-24 noyabrga belgilangan. Final uchrashuvi 27 noyabr sanasida o‘tkaziladi. Finalga Olmaliq shahri mezbonlik qiladi.
Fikrlar