
"Atletiko" hamon Oblakning tilini topa olmayapti
Madridning "Atletiko" klubi hamon o‘zining asosiy darvozaboni Yan Oblak bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish borasida kelisha olmayapti. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “matraschilar”ning bildirayotgan takliflari 25 yoshli sloveniyalik futbolchini qanoatlantirmayapti. Eslatib o‘tish lozimki, uning amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Oblak joriy mavsum “Atletiko” safida jami 12ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 9ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar