
"Atletiko" Oblak bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Madridning "Atletiko" klubi o‘zining asosiy darvozaboni Yan Oblak bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Yangi kelishuvga ko‘ra 26 yoshli sloveniyalik posbon yiligi 10-12 mln evro atrofida maosh oladi. Uning tovon puli esa 150-200 mln evro etib belgilanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Oblak joriy mavsum “matraschilar” safida jami 40ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar