
“Atletiko” JCh-2018 finalchisi bilan shartnoma imzolaydi
Turkiyaning “Beshiktosh” klubi hamda Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Domagoy Vida faoliyatini Madridning “Atletiko” klubida davom ettirishi mumkin.
O‘z navbatida turk klubi 29 yoshli futbolchisining transferi ortidan 35 mln evro ishlab olishi mumkin. Biroq, klublar bu borada hali o‘zaro kelishuvga erishganicha yo‘q. “Matraschilar” hozircha faqat futbolchining o‘zi bilan kelishuvga erishishgan.
Ma’lumot uchun, Vida “Beshiktosh” safiga bundan roppa-rosa bir yil muqaddam Kievning “Dinamo” klubidan kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan mavsum tur klubi safida jami 18ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar