
"Atletik" etakchi hujumchisini bir oyga yo‘qotdi
Bilbaoning "Atletik" klubi forvardi Aris Aduris sonidan jarohat oldi va endi u bo‘lajak o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.
L'Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 37 yoshli futbolchining sog‘ayishi uchun bir oy vaqt talab etiladi. Aduris shunday qilib "Ueska", "Rayo Valekano" va "Real" Madrid klublariga qarshi bahslarda bilbaoliklarga yordam bera olmaydi.
Ma’lumot uchun, Aduris o‘tgan mavsum “Atletik” safida jami 48ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 20ta gol urishga erishgan.
Fikrlar