
“Arsenal” Sanches o‘rniga Roysni olib kelmoqchi
Londonning “Arsenal” klubi o‘zining chililik hujumchisi Aleksis Sanches bilan sngi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqda. Mirror nashiring xabar bershicha, Sanches “to‘pchilar”dan haftasiga 230 ming evro maosh talab qilmoqda. Ayni damda uning maoshi haftasiga 150 ming evroni tashkil etadi.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha, “Arsenal” bor e’tiborini “Borussiya D” forvardi Marko Roysga qaratmoqchi. Boisi, agar Sanches londonliklar bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortsa, uning o‘rini katta ehtimol bilan germaniyalik hujumchi egallashi kutilmoqda. Ta’kidlash kerakki, Transfermarkt.de Roysni 40 million evroga baholagan.
Ma’lumot uchun, Sanchesning amaldagi shartnomasi yana 18 oydan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi. Mish-mishlarga qaraganda Xosep Gvardiola chililik sobiq shogirdini “Manchester Siti”ga olib o‘tmoqchi. Xabaringiz bor, Sanches va Gvardiola o‘z vaqtida “Barselona”da birga faoliyat yuritishgan.
Fikrlar