
"Arsenal" Sanches evaziga MYudan Mxitaryanni so‘ramoqda
Londonning “Arsenal” klubi mana shu qishki transferlar davridayoq hujumchi Aleksis Sanchesdan qutulmoqchi.
The Guardian nashri tarqatgan xabarga qaraganda “kanonirlar” chililik futbolchi o‘rnini to‘ldirish maqsadida bir qator futbolchilarni olib kelishmoqchi. Hususan, “Arsenal” “Bordo” yarim himoyachisi Malkomning transferi borasida kelishuvga erishgan. Ma’lumotlarga qaraganda ushbu braziliyalik futbolchining transferi londonliklarga 45 mln evroga tushishi mumkin.
Bundan tashqari “Arsenal” Sanchesga xaridor bo‘layotgan “Manchester Yunayted”dan hujumkor yarim himoyachi Genrix Mxitaryanni so‘ramoqda.
Agar yuqoridagi ikki transfer amalga oshadigan bo‘lsa, Arsen Venger jamoasining o‘yini kuchayishi mumkin.
Fikrlar