"Arsenal" 17 yoshli braziliyalik futbolchini sotib olmoqchi

  • 1 mart, 2019, 12:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi "Ituano" hujumchisi Gabriel Martinellining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Goal.com xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “kanonirlar” 17 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 5 mln evrodan voz kechishga tayyor. Biroq, "Ituano" klubi iqtidorli futbolchisini 10 mln evroga baholamoqda.

Ta’kidlash kerakki, Martinelliga shuningdek "Korintians", "Kruzeyro", "Flamengo", "Palmeyras", "Santos", "Uotford", "Lids" va "Midlsbro" kabi jamoalar ham xaridor bo‘lishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!