Anzur Ismoilov: Yaponiya bilan o‘yinda ham g‘alaba uchun maydonga tushamiz

  • 13 yanvar, 2019, 23:59
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

«Bugun qo‘llagan hujumkor taktikamiz nima bilan bog‘liq? Bu raqibga ham, o‘zimizga ham bog‘liq.Birinchi o‘yin biroz qiyinroq o‘tdi. Boisi, ikki oy davomida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazmagandik. Bitta o‘yin orqali barchasi joyiga tushib ketdi, bir-birimizni yanada yaxshiroq tushuna boshladik. G‘alaba orqali o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni ko‘tarib oldik.

Tecno

Bugungi o‘yinda faqat va faqat g‘alaba qozonishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygandik. Uchrashuv davomida raqib xatolaridan ham foydalana oldik va o‘z maqsadimizga erishdik.

Yirik g‘alabani kutganmidik? Asosiy maqsadimiz g‘alaba qozonish edi. Turkmaniston Yaponiyaga qarshi juda yaxshi o‘yin namoyish etgandi. Yaponiyadek jamoa darvozasiga hamma ham ikkita gol kirita olmaydi.

Yaponiya terma jamoasi bilan o‘tkaziladigan o‘yinda ham g‘alaba uchun maydonga tushamiz», – deb Ismoilovning so‘zlarini keltirib o‘tdi MOQ rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
14/01/2019 12:24
Сарик карточка олгандан кейин Купер уни чикарадими?