
Anvar Boynazarov xalqaro turnirni g‘alaba bilan boshladi
Avval xabar berganimizdek kecha kikboksing bo‘yicha har yili o‘tkazilib kelinayotgan “EM LEGEND” turniri start oldi. “The World Gold Belt” kamari uchun kechadigan jahon chempionatida dunyoning eng kuchli 32 jangchisi o‘zaro kurash boshladi.
Kecha Chengdu shahridagi “Emeishan Station” arenasida musobaqaning “A” guruhi ishtirokchilari “World Gold Belt” kamari uchun bahslarga kirishadi. Chempionatning ilk jangida o‘zbekistonlik aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi va ikki karra muay tay bo‘yicha jahon chempioni Anvar Boynazarov uchinchi marta chempionlik kamari uchun yurishini boshladi.
Hamyurtimizga ilk jangda xitoylik Pan Tszyayun (35-25, KO10) raqiblik qildi. Ushbu to‘qnashuvda Anvar Boynazarov raqibini ortiqcha qiyinchiliksiz mag‘lubiyatga uchrata oldi.
Fikrlar