
Anna Blinkovaning Doxadagi ertagi tugadi
Rossiyalik tennischi Anna Blinkova Doxada o‘tayotgan "Qatar Total Open" turnirining chorak final bosqichiga chiqa olmadi.
Anna Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqaning ikkinchi davrasida chexiyalik Barbora Strikovaga qarshi kortga chiqib, 0:6, 6:3, 0:6 hisobida taslim bo‘ldi.
Endi Qatarda davom etayotgan musobaqaning chorak finalida Strikova estoniyalik Anett Kontaveyt, yoki germaniyalik Anjelik Kerberga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar