
Ana xolos! Xabib Nurmagomedovga gonorar berilmasligi ma’lum qilindi
UFC prezidenti Dana Uayt so‘zlariga ko‘ra, chempion Xabib Nurmagomedov Konor Makgregor bilan bo‘lgan jangdagi gonorarini olmasligi mumkin. Bu sportchining Dillon Denis bilan jangdan so‘ng mushtlashgani sabab bo‘lishi mumkin.
- Men Bob Bennet (Nevada sport komissiyasi ijrochi direktori - Sports.uz) bilan gaplashdim. U Konor o‘z pulini olishini, Xabib esa olmasligini aytdi, - deydi Uayt.
Bu masala Nevada sport komissiyasi tomonidan voqea to‘liq o‘rganib chiqilgandan so‘ng hal etiladi.
Eslatib o‘tamiz, jangdan so‘ng Xabib oktagondan oshib o‘tib, Konorning sparring-raqibi Dillon Denisga hujum qilishga harakat qilgan. Bu vaqtda uning jamoasi a’zolari Makgregorga urmoqchi bo‘lishgan.
Fikrlar