Ana xolos: Misr FF paragvaylik hakam ustidan FIFAga shikoyat qiladi

  • 21 iyun, 2018, 22:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Misr Futbol Federatsiyasi JCh-2018 “A” guruhi 2-turidan o‘rin olgan Rossiya – Misr (3:1) o‘yinida ishlagan paragvaylik hakam – Enrike Kaseres  Vilyafantening ustidan FIFAga shikoyat qilmoqchi.

Tecno

“Biz hakamning ustidan shikoyat qilamiz. U o‘sha o‘yinda bir qator xatolarga yo‘l qo‘ydi. Hakam Marvan Muhsin jarima maydoni ichida yiqilgan vaziyatda VARdan foydalanib, penalti belgilasa bo‘lar edi – bu tozda penalti edi”, – deb bayonot qildi Misr FF prezidenti Xani Abu Rid.

Mamlakat bosh futbol tashkiloti rahbari shuningdek, Rossiyaning ikkinchi golida Artyom Dzyuba Ahmad Fathini qo‘pol tarzda to‘xtatib qolgan deb hisoblamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!