Ana xolos! Meksika guruhdan chiqqani sababli, Koreyaga antiqa tarzda minnatdorchilik bildirdi

  • 28 iyun, 2018, 17:52
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, JCh-2018 guruh bosqichi doirasida Meksika terma jamoasi Shvetsiyadan mag‘lub (0:3) bo‘ldi. Parallel o‘yinda esa Osiyo vakili bo‘lgan Janubiy Koreya Germaniya ustidan g‘alaba (2:0) qozondi. Koreyaliklarning g‘alabasi Meksikaga pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yordam berdi.

Tecno

Shu sababdan, Meksikada ish yurituvchi "Aeromexico" aviakompaniyasi Janubiy Koreyaga borishni niyat qilgan mijozlar uchun antiqa aktsiya o‘tkazdi. Kompaniya ushbu yo‘nalishga bo‘lgan barcha turdagi chiptalar narxini 20% pasaytirishdi.

Kompaniya ushbu harakat bilan koreyaliklarni Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun minnatdorchilik bildirishdi. Bu haqida aeromexico.com o‘z veb-saytida yozib qoldirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!