Alisher Azizov yangi jamoasida ham o‘zini ko‘rsatishni boshladi

  • 8 iyul, 2018, 23:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumning ikkinchi qismi uchun tayyorgarlik olib borayotgan Bishkekning “Alga” jamoasi kecha mahalliy “Akademiya” klubiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi.

Tecno

Mazkur o‘yinda “Alga” futbolchilari raqibdan 4:1 hisobida ustun keldi. E’tiborlisi, kuni kecha “Alga” safiga borib qo‘shilgan hamyurtimiz Alisher Azizov ushbu o‘yinda gol kiritishga erishdi.

Qayd etish joiz, Azizov bugunga qadar Qirg‘izistonning “Dordoy” jamoasida ham to‘p surgan edi va o‘shanda Top-liga to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Ma’lumot uchun, “Alga” 15-turdan so‘ng turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!