
Alisher Azizov to‘purarlik qobiliiyatni ishga soldi
Kecha Qirg‘iziston chempionatida 16-tur o‘yinlari davom ettirildi. Hamyurtimiz Alisher Azizov faoliyat olib boradigan “Alga” klubi o‘z maydonida “Qora-Bolta” jamoasini qabul qildi.
Mazkur o‘yinda bishkekliklar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. E`tiborlisi, gollardan biriga aynan Azizov mualliflik qildi. U kechagi o‘yinni asosiy tarkibda boshlaganini qo‘shimcha qilish joiz.
16-turdan so‘ng “Alga” hisobidagi ochkolar soni 32 taga etdi va turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.
Qirg‘iziston Top-ligasi. 16-tur
“Alga” – “Qora-Balta” 4:0
Gollar: Ataev (2 ta), Axmataliev, Azizov.
Fikrlar