
Aleksandra Sosnovich navbatdagi raqibini kutmoqda
Belaruslik tennischi Aleksandra Sosnovich "Sydney International" turnirining chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Sasha musobaqaning ushbu bosqichida shveytsariyalik Timea Bachinskinin 6:3, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi.
Endi Sosnovich final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda chexiyalik Petra Kvitova, yoki germaniyalik Anjelik Kerber bilan kuch sinashadi.
Fikrlar