
Aleks Fergyuson MYu bosh murabbiyligida kimni ko‘rmoqchi?
"Manchester Yunayted" klubining afsonaviy ustozi ser Aleks Fergyuson jamoa rahbariyatiga o‘zining bosh murabbiy borasidagi qarashlarini ma’lum qildi.
The Independent nashri tarqatgan xabarga ko‘ra shotlandiyalik mutaxassis MYuga Ule Gunnar Sulsherning doimiy bosh murabbiy bo‘lishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Ta’kidlash kerakki, norvegiyalik mutaxassis Joze Mourino iste’foga chiqarilgach uning o‘rniga mavsum yakuniga qadar vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, “qizil iblislar” Sulsher qo‘l ostida qatorasiga 7ta o‘yinda g‘alaba qozonishdi. MYu ayni damda APL musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turishibdi.
Fikrlar