
Alan Shirer: Aguero - APL tarixidagi eng yaxshi legioner
Angliyalik afsonaviy hujumchi Alan Shirer "Manchester Siti" forvardi Serxio Aguero haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.
“U yana shafqatsizlarcha o‘ynadi. Endi uning hisobida 9ta xet-trik mavjud. Bu mendan bor yo‘g‘i 2ta kam deganidir. U – Angliya premer-ligasi tarixida to‘p surgan eng zo‘r legioner. Aguero – kuchsiz tomoni bo‘lmagan hujumchi”, - deydi Shirer.
Eslatib o‘tamiz, Aguero APLning 2-turida "Xaddersfild"ga (6:1) qarshi bahsda o‘z hisobiga navbatdagi xet-trikni yozdirib qo‘yishga erishgan edi.
Fikrlar