Aguero "Manchester Siti" safidagi 300-o‘yinini o‘tkazdi

  • 23 sentabr, 2018, 00:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi forvardi Serxio Aguero bugun APLning 6-turida "Kardiff"ga (0:5) qarshi kechgan bahsda ishtirok etdi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu uchrashuv 30 yoshli argentinalik uchun “shaharliklar” safidagi yubiley 300-o‘yin bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Aguero "Manchester Siti" safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 205ta gol urib, 60ta golga assistentlik qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!