
Aguero APL to‘purarlari o‘nligiga kirib oldi
"Manchester Siti" klubi forvardi Serxio Aguero APLning 6-turidan o‘rin olgan "Kardiff"ga qarshi bahsda raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi.
E’tiborlisi, ushbu gol 30 yoshli argentinalik futbolchi uchun premer-ligadagi 147-gol bo‘ldi va u ushbu musobaqa tarixidagi to‘purarlar o‘ntaligiga kirib oldi.
Ma’lumot uchun, APL tarixidagi eng yaxshi to‘purar Alan Shirer hisoblanadi. Uning hisobida 260ta gol bor.
Fikrlar