Adhamjon Ergashev - Osiyoning eng yaxshi sportchisi

CHERY AUTO

Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi.

Tecno

Ushbu nufuzli musobaqada har ikkala yosh toifasida jami 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan holda, Osiyoning eng yaxshi sportchisi nomiga sazovor bo‘ldi.

Umuman olganda, musobaqada terma jamoamiz safida 10 nafar sportchi ishtirok etdi va yakunda, vakillarimizdan Shahzodbek Xudoyberganov 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Farhodbek Sobirov 1 ta oltin va 2 ta kumush, yana bir  hamyurtimiz Aleksandr Li esa, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek qizlar o‘rtasidagi bahslarda 69 kilogramm vazn toifasidagi sporchimiz Omadoy Qo‘zieva ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, 58 kilogramm vaznda Muattar Nabieva uchinchi o‘rinni band etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!