Abdurashid Jalolov: Bodibildingga kirib kelishimga Arnold Shvartsenegger turtki bo‘lgan

CHERY AUTO

O‘zbek sportchilari xalqaro arenalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelishmoqda. Qit’a va jahon birinchiliklarida sovrinli o‘rinlarni band etishib, bayrog‘imizning baland ko‘tarilishi va madhiyamizning yangrashiga sababchi bo‘lmoqda. Ana shunday sportchilardan biri Abdurashid Jalolovdir.

Tecno

– Abdurashid avvalo, bodibilding sport turiga kirib kelishingiz tarixi, nega endi aynan bu sportni tanlaganingiz sabablari bilan o‘rtoqlashsangiz?

– Avvalambor assalomu aleykum. Men Jalolov Abdurashid Muxammad o‘g‘li 1986 yil Namangan viloyati Kosonsoy shahrida tug‘ilganman. Bolaligimdan sportning yakka kurash, boks, futbol, suzish sportiga qatnashganman. Keyinchalik esa Bodibilding sportiga ko‘ngil qo‘ydim. Bu sportni tanlashimga yoshlik paytimdagi Terminator filmi qahramoni Arnold Shvartsenegger turtki bo‘lgan desam adashmayman. Shundan so‘ng bodibilding, ya’ni tosh ko‘tarish sporti bilan shug‘ullana boshladim. Ushbu sport turi menga juda yoqadi va inson salomatligi hamda insonning tashqi qiyofasini mustahkam qiladi.

– Albatta, sizning ko‘rsatgan natijalaringiz ham muxlislar uchun qiziq ekanligi aniq... bu borada ham ma’lumot bera olasizmi?

– Albatta, men Rossiyada shug‘ullanib yurgan paytimda menga Rossiya chempionatlarida qatnashish imkoniyati berildi. Bundan foydalangan holda musobaqalarda qatnashib, bronza medal sohibi bo‘ldim. Shundan so‘ng menga bo‘lgan qiziqish yana ortdi. Ona vatanga qaytgach, O‘zbekiston chempionatlarida qatnashish istagi tug‘ildi. Ichki chempionatlarda bir necha bor oltin medalni qo‘lga kiritdim, keyin esa yurtimizda o‘tgan O‘rta Osiyo chempionatida 2-o‘rin bilan taqdirlandim.

Mixail Volinkinni muvaffaqiyatidan so‘ng bu sport turiga qiziqish yanada ortdi deb o‘ylaysizmi?

– Ayniqsa O‘rta Osiyoning bizga qiziqishi kuchaydi, axir Mixail O‘zbekistondan. Shu bois ham Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatiga yuzlab sportchilar kelishdi. Ular Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan...

– Proteyin bodibildingchi uchun qanchalik ahamiyatga ega?

– Protein bu oqsil moddasi. U aynan poroshok holatida bo‘ladi. Oqsil moddasi bu o‘zimiz sevib iste’mol qiladigan go‘sht, baliq, tuxumda eng ko‘p uchraydi.

– Aytingchi, bodibildingchi uchun eng oxirgi cho‘qqi nimadan iborat? Ya’ni musobaqalardagi yutuqni nazarda tutyapmiz...?

– Menimcha, bu har bir sportchining istagi jahon chempioni bo‘lish – vatanimiz bayrog‘i dunyo arenalarida baland hilpirash!

Odatda, sizni professional bokschimiz Shohjahon Ergashev bilan ko‘p bora uchratamiz...

Biz Shohjaxon bilan aka-ukamiz, ba’zida sirdosh. Sport sohasida maslahatdosh bir-birimizga. Ko‘proq bo‘sh vaqtimizda sport bilan shug‘ullanamiz va bovling o‘ynaymiz.

– Ovqatlanish retsepti borasida endigina shu sportga kirib kelayotgan yoshlarimizga nimalarni maslahatlar bera olasiz?

– Ozishni istaganlarga yog‘li ovqatlardan, gazli ichimliklardan, shirinliklardan va non kabi mahsulotlarni iste’mol qilmaslikni, semirish uchun kelganlarga ko‘proq oqsil moddasi ko‘p, uglevodli mahsulotlarni ist’emol qilishni tavsiya etaman.

– O‘zbekistonda kuchli 5 nafar bodibildingchini o‘rinlarga qo‘yib sanab bera olasizmi? Misol uchun mening shaxsiy variantim Xabibullo Nizomov, Mixail Volinkin, Xamid Nizamov, Nurillo Jumaev va siz!

– Habibullo Nizamov, Timur Sobirov, Mixail Volinkin, Armen Pashikyan, Bekzod Shukurov...

– Hozirda, “Power fitness sport slub”da murabbiylik qilayotgan ekansiz. Bu erda bodibildingdan boshqa yana qaysi sport turlari bilan shug‘ullanish mumkin?

– “Power fitness sport slub” bu shahrimizdagi eng katta zallardan biri desam adashmayman. Menga bu erdagi muhit yoqadi. Bu klub shahrimizda 3 ta. 2 tasi markazda joylashgan bo‘lsa, 3-klub esa Yunusobodda. U erda bodibildingdan tashqari fitness, boks, kikboksing, saykl, arabcha raqs, Lotin Amerika raqsi, krossfit, bodi pump, gimnastika bilan shug‘ullanish mumkin, dam olish uchun etarlicha sharoitlar mavjud.

Yaqin kunlarda qanday musobaqalarda ishtirok etishni rejalashtirgansiz?

– Xudo xohlasa Toshkentda bo‘lib o‘tadigan musobaqaga, keyin esa Osiyo chempionatiga...

Kelajakda orzu va istaklaringiz nimadan iborat?

– Nasib qilsa jahon chempioni bo‘lish va vatanimiz bayrog‘ini ko‘kka ko‘tarib, yurtimizni dunyoga tanitish...

Fitnes sirlari ko‘rsatuvini olib borasiz. Aytingchi, bu ko‘rsatuv paydo bo‘lishi borasida  tashabbus kimdan chiqqan?

– Bu ko‘rsatuv avvallari ham bo‘lgan. Pahlavonlik maktabini Habibullo Nizamov olib borganlar. Hozir ham ismini o‘zgartirgan holda fitness sirlari ko‘rsatuvini, sport ustasi Habibullo aka Har yakshanba kuzatib boring Sport TV’da “fitness sirlari” ko‘rsatuvida ko‘rishguncha...

A.Eshmatov va Sh.Ortiqov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!