
APLga qaytgan "Fulxem" o‘z safini ispaniyalik hujumchi bilan kuchaytirmoqchi
Angliyaning "Fulxem" klubi "Espanol" hujumchisi David Lopesga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Football Espana nashrining xabar berishicha APL debyutanti 28 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun kataloniyaliklarga 20 mln evro to‘lashga tayyor. Ta’kidlash lozimki, futbolchining shartnomasida uning tovon puli 40 mln evro etib belgilangan. Biroq, shunday bo‘lsada “Espanol” tez orada ingliz klubining taklifini qabul qilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Lopes o‘tgan mavsum “Espanol” safida jami 43 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga bor yo‘g‘i 1ta gol kiritishga erishgan.
Fikrlar