APLda Defodan "jabr ko‘rgan" klublar soni 36taga etdi

  • 16 sentabr, 2017, 09:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bornmut” klubi hujumchisi Jermeyn Defo kecha “Brayton”ga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan APLning navbatdagi turida jamoasiga g‘alaba keltirish bilan birga, o‘ziga hos natija ham qayd etdi.

Tecno

Qayd etish lozimki, “Brayton” 34 yoshli futbolchi darvozasini ishg‘ol etgan APLning 36-jamoasi bo‘ldi. Defo bu borada faqatgina Frenk Lempard (39ta jamoa), Endi Koul (38ta jamoa) va Alan Shirer (37ta jamoa) kabi futbolchilardan ortda bormoqda.

Biroq, Jermeyn ushbu ko‘rsatgichga 17ta mavsumda erishgan bo‘lsa, Lempardda ushbu ko‘rsatgich 18tani tashkil etadi, Pol Skoulzda esa 19tani, Rayan Giggzda esa 21tani tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!